“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo'lib o'tdi

 23-iyul kuni “UzAssets” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Moliyaviy boshqaruv departamenti direktori Rut Farrant boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur uchrashuvda “UzAssets” AJ tomonidan bugungi kundagi davlat korxonalarida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (IFRS) davlat korxonalarida joriy qilish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan “UzAssets” AJ tomonidan tanishtirib o‘tildi. 

Asosiy eʼtibor “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga (IFRS) o‘tkazish jarayoniga OTB ekspertlari jalb etish maslalariga qaratildi. 

Uchrashuv davomida Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ESGni joriy etish hamda davlat korxonalari uchun “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari va loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘magi haqida muhokama qilindi. 

Muzokaralar yakunida “UzAssets” AJ bilan birgalikda davlat korxonalarni mutaxassislari va OTB ekspertlari ko‘magida kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olib, muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar.  

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content