2025-yil 6-mart kuni «UzAssets» AJ rahbariyati Fransiya bankining Yaqin Sharq, Afrika, Turkiya va MDH mintaqalari bo‘yicha rahbari Emirik Arno hamda MDH mintaqasi rahbari Teyba Guliyeva bilan ishchi uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida tomonlar xalqaro kapital bozorlarida ishlash va O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalari loyihalarini moliyalashtirishni jalb qilish bo‘yicha strategik rejalashtirishning asosiy jihatlarini muhokama qildilar.
Xususan, milliy aktivlarning investitsion jozibadorligini oshirish, moliyalashtirish manbalarini diversifikatsiya qilish hamda qarz yukini boshqarishda ilg‘or amaliyotlarni joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
«Société Générale» vakillari moliyaviy vositalarni tuzish bo‘yicha ekspert yordamini ko‘rsatishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Bu esa xalqaro investitsiyalarga kirishni optimallashtirish va global investorlar ishonchini oshirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, yetakchi xalqaro moliyaviy institutlarning barqaror rivojlanish va davlat korxonalarini transformatsiya qilish loyihalarida ishtirok etishining muhimligi qayd etildi. Bu esa mamlakatning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va uzoq muddatli iqtisodiy o‘sishiga hissa qo‘shadi.
Uchrashuv yakunida tomonlar kelgusidagi hamkorlikni rivojlantirish va O‘zbekistonning strategik tashabbuslarini amalga oshirish uchun xalqaro kapitalni jalb qilish masalalari bo‘yicha muloqotni davom ettirishga qiziqish bildirdilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling