2025 yil 10 iyun kuni “UzAssets” AJda xalqaro konsalting kompaniyasi Finvizier Consultancies vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ma’lumot uchun: Finvizier Consultancies — Dubay (BAA)da ro‘yxatdan o‘tgan konsalting kompaniyasidir. Kompaniya tarkibida yetakchi xalqaro konsalting firmalari, reyting agentliklari va investitsiya banklarida tajribaga ega yuqori malakali mutaxassislar faoliyat yuritadilar.
Finvizier Consultancies vakillari o‘zlarining investitsiya profili va ESG yondashuvlarini joriy etishni o‘z ichiga olgan kompleks ish tajribalarini taqdim etdilar.
Shuningdek, kompaniyaning O‘zbekistondagi faoliyati to‘g‘risida ma’lumot berildi. “UzAssets” AJ rahbariyati davlat kompaniyalari faoliyatida barqaror rivojlanish tamoyillarini joriy etishning xalqaro standartlarga mos kelishi muhimligini ta’kidladi.
Shuningdek ESG sohasidagi asosiy tendensiyalar va ushbu standartlarni O‘zbekiston davlat kompaniyalarida joriy etish istiqbollari muhokama qilindi.Shuningdek, ESG tamoyillarini joriy etish jarayonida davlat kompaniyalari duch kelayotgan dolzarb masalalar ko‘tarildi.
Uchrashuv doirasida davlat kompaniyalari faoliyatini xalqaro standartlar va institutsional investorlar talablariga moslash masalalari muhokama qilindi.
Tomonlar xalqaro boshqaruv modellari va ularni mahalliy biznes muhitiga moslashtirish bo‘yicha muvaffaqiyatli misollar hamda islohotlarni barqaror joriy etish vositalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida O‘zbekiston davlat kompaniyalarida transformatsiya jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan hamkorlikni davom ettirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling