Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)  vakillari bilan uchrashuv   

UzAssets/IFC

10-iyul kuni Xalqaro Moliya Korporatsiyasi (IFC) vakillari bilan muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur uchrashuvda “UzAssets” AJ tomonidan kelgusidagi qo‘shma loyihalar doirasida korxonalarda IFRS (Xalqaro Moliya Hisobot Standartlari) ni joriy etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan loyihalar va texnik shartlar haqida batafsil ma’lumot berildi. 

Uchrashuv davomida IFC bilan strategik sheriklikning tobora mustahkamlanib borayotgani ta’kidlandi. Shuningdek, O‘zbekistonda davlat korxonalarini xususiylashtirish va chet el investitsiyalarini jalb etish jarayonlarida Xalqaro Moliya Korporatsiyasining ishtiroki katta ahamiyatga ega ekaniga alohida urg‘u berildi. 

Uchrashuv yakunida tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni “UzAssets” AJ va davlat korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqish, shuningdek, IFC ekspertlarini “UzAssets” AJ tomonidan amalga oshiriladigan transformatsiya dasturlariga faol jalb qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirishga kelishib oldilar. 

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content