Joriy yilning 26 mart kuni “UzAssets” АJ rahbariyati hamda “Navoiy kon-metallurgiya kombinati” АJ (keyingi oʼrinlarda - Jamiyat) vakillari bilan uchrashuv boʼlib oʼtdi.
Unda Аksiyador kutilmalari loyihasi belgilangan vazifalardan kelib chiqib, Jamiyatning 2024 yil uchun kompleks transformatsiya qilish dasturi hamda unga kiritilgan loyihalar muhokama qilindi.
Аsosiy eʼtibor loyihalarning transformatsiya boʼyicha umumiy maqsadlarga muvofiqligi hamda va ulardan kutilayotgan natijalarga qaratildi. Shuningdek, har bir loyiha amalga oshirish mexanizmlari, muddatlari va bajarish uchun masʼullar roʼyxatiga aniqliklar kiritildi.
Uchrashuv yakunida transformatsiya jarayonlari boʼyicha Jamiyat oldida turgan boshqa dolzarb masalalar boʼyicha kelgusi rejalarni amalga oshirish boʼyicha kelishib olindi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling