Joriy yilning 28 mart kuni “UzAssets” AJ rahbariyati hamda “Uzbekistan Airports” AJ (keyingi o‘rinlarda - Jamiyatda) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Jamiyat tomonidan transformatsiya jarayonlari bilan bog‘liq ishlarning tashkil qilinganlik joriy holati, xususan, “UzAssets” AJ tomonidan yuborilgan Aksiyador kutilmalari loyihasi bo‘yicha bugungi kun holatiga bajarilgan ishlar muhokama qilindi.
Muloqot davomida Jamiyat rahbariyati va masalaga aloqador mutaxassislar tomonidan Aksioner kutilmalari, “Kompleks transformatsiya chora-tadbirlarining yo‘l xaritasi” hamda transformatsiya loyihalarining pasportlarini tayyorlash jarayonida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.
Shuningdek, hujjatlarni tayyorlashda jarayonni transformatsiya dasturi sifatida ko‘rish va bunda loyihalarni moliyalashtirish, amalga oshirish muddatlari hamda ulardan kutilayotgan iqtisodiy samaraga alohida eʼtibor qaratish muhimligi muhokama qilindi
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling