19-sentabr kuni “UzAssets” AJ rahbariyati va Yosir Abdih boshchiligidagi Xalqaro valyuta jamg‘armasi missiyasi vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “UzAssets” AJ tomonidan xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (IFRS) joriy etish va davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi
Shuningdek, muzokaralar chog‘ida Iqtisodiyot va moliya vazirligi, “UzAssets” AJ va Jahon banki bilan hamkorlikda davlat korxonalari kuzatuv kengashlari tarkibining kamida 30 foizini malakali xalqaro mutaxassislar bilan to‘ldirish ishlari yakunlangani va bu orqali davlat korxonalarida ilg‘or amaliyotlar va zamonaviy boshqaruv usullarini joriy etish maqsad qilinganligi ta’kidlandi.
Shu bilan birga, tomonlar IPO o‘tkazilishi davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni yaxshilashga va kompaniyalarning investitsion salohiyatini oshirishga ko‘maklashishini ta’kidladilar.
Mazkur masalalarga kompleks yondashish maqsadida tomonlar “UzAssets” AJ va Xalqaro valyuta jamg‘armasi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish istiqbollarini ko‘rib chiqdilar.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling