"UzAssets" AJ Boshqaruv raisi Bobur Abdinazarovning “IPO va kapital bozorlari bo‘yicha xalqaro seminarda” ishtiroki

2025 yil 11 iyun kuni STJ Advisors, ScholzvonGleich va Finasia Capital hamkorligida IPO va kapital bozorlariga bag‘ishlangan xalqaro seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar doirasida davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularning samaradorligini va investitsion jozibadorligini oshirish muhim yo‘nalishlardan biri ekani ta’kidlandi.

Bugungi kunda "UzAssets" AJ tomonidan yirik davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni rivojlantirish, IPO orqali investitsiya jalb etish, ESG tamoyillari va Moliyaviy hisobotlarning xalqaro standartlarini (IFRS) joriy qilish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumot berildi.

Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024 yil 21 apreldagi PQ-145-son qarori bilan bir qator yirik davlat korxonalari, jumladan O‘zbekiston Milliy Investitsiya Jamg‘armasi, IPO va SPO mexanizmlari orqali xususiylashtirish ro‘yxatiga kiritilganini ta’kidladi.

Seminar davomida STJ Advisors, ScholzvonGleich va Finasia Capital kompaniyalari vakillari IPOga tayyorgarlik ko‘rish, ushbu jarayonlarga jalb qilinadigan xalqaro investitsiya banklari va boshqa konsalting kompaniyalarining vazifalari, xalqaro investorlar uchun tayyorlanadigan taqdimot materiallariga qo‘yiladigan talablar haqida ma’lumot berishdi va seminar ishtirokchilarini qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content