UzAssets boshqaruv raisi B. Abdinazarovning “Scaling up. Getting Uzbek Companies Ready for IPO” konferensiyasida ishtiroki

2025-yil 27-fevral kuni Toshkent shahrida “Scaling up. Getting Uzbek Companies Ready for IPO” konferensiyasi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda yetakchi ekspertlar, emitentlar hamda Toshkent va London fond birjalari vakillari ishtirok etdi. Ushbu tadbir doirasida UzAssets AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarov “Xorijiy investitsiyalarni jalb etishda davlatning roli” mavzusidagi panel sessiyasida qatnashdi.

O‘z nutqida B. Abdinazarov ta’kidlab o‘tdiki, 2024-yil 19-apreldagi PF-163-sonli Prezident qaroriga muvofiq, yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish jarayonlarini jadallashtirish maqsadida, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda UzAssets AJ davlat kompaniyalarini birlamchi ommaviy takliflarini (IPO) tayyorlash ishlarini olib bormoqda. Bu jarayon xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini (IFRS) joriy etish hamda ilg‘or xalqaro tajribaga asoslangan korporativ boshqaruvni yaxshilash orqali amalga oshirilmoqda.

Shuningdek, korporativ boshqaruvni kuchaytirish maqsadida AQSh, Buyuk Britaniya, Turkiya, Germaniya, Hindiston, Polsha, Mavrikiy va boshqa davlatlardan yuqori malakali xalqaro mutaxassislar jalb qilinib, 22 ta davlat korxonasining Kuzatuv kengashlariga mustaqil a’zo sifatida tayinlandi. Ushbu chora-tadbirlar natijasida Kuzatuv kengashlari tarkibining kamida 30% xalqaro mutaxassislardan iborat bo‘lishi ta’minlandi. Shuningdek, ushbu kengashlar qoshida korporativ kotibiyatlar va maxsus qo‘mitalar tashkil etilmoqda, bu esa korporativ boshqaruv tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qiladi.

Uning ta’kidlashicha, IPO muvaffaqiyatli o‘tishi uchun xalqaro investorlar oldida yuqori korporativ boshqaruv standartlari va shaffof kompaniya tuzilmasini namoyish etish muhim ahamiyat kasb etadi.

Nutqining yakunida B. Abdinazarov davlat kompaniyalari uchun IPO faqat kapital jalb qilish usuli bo‘lib qolmay, balki O‘zbekistonda biznes shaffofligini oshirish, korporativ boshqaruvni yaxshilash hamda xalqaro investorlar bilan ishonchli munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muhim qadam ekanligini alohida ta’kidladi.

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content