15-may kuni "UzAssets" AJ rahbariyati "Acwa Power" kompaniyasi tomonidan tashkil etilgan, O‘zbekiston banklari, vazirliklari va idoralari vakillari ishtirok etgan Road showda qatnashdi.
Tadbirda O‘zbekistonda qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan elektr energiyasini ishlab chiqarish va saqlash bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishda bank sektorini jalb etish masalalari muhokama qilingan panel sessiyalari tashkil etildi.
O‘z nutqida "UzAssets" AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarov davlat banklari ishtirokida "Acwa Power" kompaniyasi bilan hamkorlikdagi loyihalarni amalga oshirish dolzarbligini ta’kidladi. Shu bilan birga, u "UzAssets" AJ tomonidan davlat kompaniyalari va tijorat banklarini transformatsiya qilish, yashil energetika sohasidagi strategik loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida tadbir ishtirokchilarini tanishtirib o‘tdi.
Tadbir davomida O‘zbekistonda yashil energetika loyihalarini moliyalashtirishda banklarning ishtiroki masalalari muhokama qilindi, shuningdek, O‘zbekistonning tegishli vazirliklari va idoralari mutaxassislari ko‘magida mavjud qayta tiklanuvchi energiya manbalari loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlik imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.
Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling