Yashil iqtisodiyot markaz va “UzAssets” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi

2024-yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi va “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. 

Mazkur Memorandum imzolashdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, shuningdek, “yashil” iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat. 

          Shuningdek tomonlar mazkur Memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar: 

  • “yashil energiya” sertifikatlari savdosi masalalarida hamkorlik hamda oʻzaro  qoʻllab-quvvatlash;   
  • davlat ishtirokidagi korxonalarda qisqartirilgan issiqxona gazlari inventarizatsiyasi, davlat ishtirokidagi korxonalar bilan “yashil energiya” sertifikatlari savdosi masalalari boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish;  
  • davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan rejalashtirilayotgan “yashil loyihalar”ni baholash hamda amalga oshirishda koʻmaklashish;  
  • davlat ishtirokidagi korxonalarda “ESG” tamoyillarini joriy qilish  va hisobotlarini shakllantirish;   
  • davlat ishtirokidagi korxonalarning transformatsiya jarayonlari,  “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, issiqxona gazlari, ESG tamoyillari hamda   “yashil loyihalar”ga oid qoʻllanma va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;  
  • “yashil” iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni, jumladan, tajriba, axborot almashish va oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va shu kabi hamkorlikni amalga oshirishga imkoniyat yaratildi. 

 

Tomonlar imzolangan Memorandum doirasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar. 

 

Yangiliklar

Kategoriya

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

Bizning telegram kanalimizga obuna bo'ling

 

Jamiyatimizda sodir bo'layotgan yangiliklarni o'tkazib yubormaslik uchun telegram kanalimizga obuna bo'ling

Skip to content