“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.
Yangiliklar 📅 24.07.2024

 23-iyul kuni “UzAssets” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) Moliyaviy boshqaruv departamenti direktori Rut Farrant boshchiligidagi delegatsiya vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Mazkur uchrashuvda “UzAssets” AJ tomonidan bugungi kundagi davlat korxonalarida olib borilayotgan transformatsiya jarayonlari bo‘yicha muzokaralar olib borildi. Shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (IFRS) davlat korxonalarida joriy qilish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan “UzAssets” AJ tomonidan tanishtirib o‘tildi. 

Asosiy eʼtibor “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarga (IFRS) o‘tkazish jarayoniga OTB ekspertlari jalb etish maslalariga qaratildi. 

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top