Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari bilan uçraşuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari bilan uçraşuv

Xalqaro valyuta jamğarmasi vakillari bilan uçraşuv
Yangiliklar 📅 21.11.2026

2026-yil 20-noyabr kuni “UzAssets” AJda Xalqaro valyuta jamğarmasi (XVJ)ning Özbekiston böyiça missiyasi rahbari Yasser Abdix boşçiligidagi delegatsiyasi bilan uçraşuv bölib ötdi.

Uçraşuv davomida tomonlar davlat korxonalarini transformatsiya qiliş, davlat aktivlarini boşqariş samaradorligini oşiriş hamda Özbekiston kapital bozorini yanada rivojlantiriş sohasida amalga oşirilayotgan islohotlar natijalarini muhokama qildi.

“UzAssets” AJ vakillari yirik davlat korxonalarini transformatsiya qiliş dasturining amalga oşirilişi, jumladan, korporativ boşqaruvni takomillaştiriş, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari (MHXS)ni joriy etiş, içki audit tizimlarini rivojlantiriş va moliyaviy faoliyat şaffofligini oşiriş haqida ma’lumot taqdim etdi.

Özbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan “UzAssets” AJ bilan hamkorlikda yirik davlat korxonalarining moliyaviy körsatkiçlari va kredit majburiyatlarini monitoring qiliş uçun işlab çiqilgan “Yagona transformatsiya platformasiga” alohida e’tibor qaratildi. Uçraşuvda korxonalarning qarz yuki, qarz oliş tuzilmasi, foiz stavkalari, valyuta xatarlari va majburiyatlarni söndiriş jadvallarini kuzatib boriş imkonini beruvçi platformaning funksional imkoniyatlari namoyiş etildi. XVJ vakillari mazkur taşabbusni ijobiy baholab, uning davlat korxonalari şaffofligini oşiriş va moliyaviy xatarlarni monitoring qiliş tizimini takomillaştirişdagi ahamiyatini qayd etdi.

Bundan taşqari, tomonlar korporativ boşqaruvni yanada takomillaştiriş, davlat korxonalari kuzatuv kengaşlarida mustaqil a’zolar uluşini oşiriş, ESG amaliyotlarini joriy etiş, şuningdek, içki audit sohasidagi mutaxassislarni tayyorlaş va malakasini oşiriş masalalarini körib çiqdi.

Uçraşuv yakunida davlat korxonalarini aksiyalarni birlamçi ommaviy joylaştiriş (IPO)ga yanada tayyorlaş, jumladan, moliyaviy hisobot sifatini oşiriş, uzoq muddatli biznes-rejalarni işlab çiqiş va kompaniyalarning investitsion jozibadorligini mustahkamlaş masalalari yuzasidan fikr almaşildi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top