2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar 📅 21.04.2026

2026 yil 21 aprel kuni “UzAssets” AJda Fransiya taraqqiyot agentligi (AFD) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida “UzAssets” AJ tomonidan O‘zbekiston davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha joriy natijalar, shuningdek, ularning samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan yondashuvlar taqdim etildi.

Davlat kompaniyalarida amalga oshirilayotgan islohotlar dasturiga alohida e’tibor qaratildi. Ushbu dastur zamonaviy korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish, raqamlashtirish, operatsion samaradorlikni oshirish va ESG yo‘nalishini rivojlantirishga qaratilgan.

Shuningdek, davlat kompaniyalarining shaffofligi va moliyaviy barqarorligini oshirish sohasida erishilgan yutuqlar, jumladan xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (IFRS)ga o‘tish, kredit reytinglarini olish va yaxshilash bo‘yicha ishlar hamda barqaror moliyalashtirish mexanizmlarini rivojlantirish haqida ma’lumot berildi.

Muhokama doirasida tomonlar transformatsiya loyihalarining amalga oshirilishi, shuningdek ayrim kompaniyalarni kapital bozorlariga chiqarishga tayyorlash, jumladan joriy bozor sharoitlari va tashqi omillarni inobatga olgan holda IPO o‘tkazish masalalarini ko‘rib chiqdilar.

Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top