«Deloitte» xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«Deloitte» xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv

«Deloitte» xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 21.08.2026

2026-yil 21-avgust kuni “UzAssets” AJda xalqaro konsalting kompaniyasi «Deloitte» vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekistonning yirik davlat korxonalarini ommaviy kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash, kapital bozorini rivojlantirish hamda kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari muhokama qilindi.

Uchrashuv davomida tomonlar xususiylashtirish bo‘yicha joriy rejalar va qator yirik davlat kompaniyalarini IPOga tayyorlash, shuningdek, ularning xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorgarligini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni muhokama qildilar.

«Deloitt»e vakillari kompaniyalarni IPOning barcha bosqichlarida
qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha xalqaro tajriba bilan o‘rtoqlashdilar. Jumladan, kompaniyaning tayyorgarlik darajasini baholash va tashkiliy transformatsiyadan tortib, aksiyalarni ommaviy joylashtirish hamda birjaga chiqqandan keyingi qo‘llab-quvvatlashgacha bo‘lgan jarayonlar ko‘rib chiqildi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top