2026-yil 22-sentabr kuni «UzAssets» AJda Osiyo infratuzilmaviy investitsiyalar banki (OIIB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar davlat korxonalarining yirik investitsiya dasturlarini amalga oshirish, infratuzilmani rivojlantirish va uzoq muddatli moliyalashtirishni jalb etish bilan bog‘liq istiqbolli hamkorlik yo‘nalishlarini muhokama qildilar.
OIIB vakillari davlat sektori loyihalarini moliyalashtirishning mavjud vositalari, jumladan, korporativ va loyiha moliyalashtirish mexanizmlarini taqdim etdilar.
Shuningdek, davlat-xususiy sheriklik mexanizmlarini, jumladan, davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash va xususiy moliyalashtirishni uyg‘unlashtirishni nazarda tutuvchi gibrid modellarni qo‘llash imkoniyatlariga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv doirasida «UzAssets» AJ vakillari O‘zbekiston davlat korxonalarini transformatsiya qilishning asosiy yo‘nalishlarini taqdim etdilar. Ular korporativ boshqaruvni takomillashtirish, moliyaviy samaradorlikni oshirish, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini joriy etish, ESG amaliyotlarini rivojlantirish hamda uzoq muddatli investitsiya dasturlarini amalga oshirishni o‘z ichiga oladi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish va qo‘shma loyihalar doirasida hamkorlikni yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.