Moody’s xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Moody’s xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv

Moody’s xalqaro reyting agentligi vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 06.10.2026

2026-yil 6-oktabr kuni «UzAssets» AJda xalqaro reyting agentligi Moody’s vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek, davlat aktivlarini yanada rivojlantirishning asosiy yo‘nalishlarini muhokama qildilar.

Alohida e’tibor davlat korxonalarining moliyaviy barqarorligi va faoliyati samaradorligini oshirish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish, risklarni boshqarish va ichki nazorat tizimlarini rivojlantirish, shuningdek, moliyaviy hisobotning xalqaro standartlari  IFRSni joriy etish masalalariga qaratildi.

Shuningdek, yirik davlat kompaniyalarining kredit va ESG reytinglarini rivojlantirish masalalari ham ko‘rib chiqildi. Tomonlar korxonalarning kreditga layoqatliligini baholash bo‘yicha xalqaro yondashuvlar, reyting agentliklari tomonidan inobatga olinadigan asosiy omillar, shuningdek, reytinglarning kompaniyalar faoliyatining shaffofligini oshirish va xalqaro kapital bozorlariga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishdagi rolini muhokama qildilar.

Uchrashuv doirasida Moody’s vakillari kredit bozorlari va reyting amaliyoti sohasidagi xalqaro tajriba hamda ekspert baholari bilan o‘rtoqlashdilar, shuningdek, xalqaro kapital bozorlarining rivojlanishidagi dolzarb tendensiyalarni muhokama qildilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar ekspert fikrlari bilan almashdilar hamda O‘zbekiston davlat korxonalarining samaradorligini oshirish, ularning moliyaviy barqarorligini mustahkamlash va xalqaro kapitalni jalb etish uchun mustahkam zamin yaratish maqsadida professional hamkorlikni yanada rivojlantirish muhimligini ta’kidladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top