UzAssets AJ korrupsiyaga qarshi siyosati
Hurmatli hamkasblar va hamkorlar!
O'zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish davlat siyosati darajasida amalga oshirilmoqda. Bu borada zarur huquqiy va institutsional asoslar yaratilgan. Jumladan, "Korrupsiyaga qarshi kurashish to'g'risida"gi Qonun qabul qilingan, Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengash hamda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi faoliyat yuritmoqda.
2025 yil 5 mart kuni O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev raisligida Korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha milliy kengashning kengaytirilgan yig'ilishi bo'lib o'tdi. Yig'ilishda korrupsiya islohotlar yo'lidagi asosiy to'siqlardan biri ekani, shuningdek, u davlat institutlariga bo'lgan ishonchga va barqaror rivojlanishga salbiy ta'sir ko'rsatishi ta'kidlandi.
Ushbu vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2025 yil 21 aprelda O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo'linmalari mustaqilligini ta'minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-147-sonli qarori qabul qilindi. Mazkur qaror bilan davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo'yicha vazifalari belgilandi.
Hurmatli hamkasblar!
Jamiyat o'z faoliyatida korrupsiyaga qarshi qonunchilik talablariga amal qilib kelmoqda, bu borada vakolatli davlat organlari bilan hamkorlik olib borilmoqda. Hozirgi kunda Jamiyatda Korrupsiyaga qarshi siyosat, Axloq kodeksi, Manfaatlar to'qnashuvini boshqarish to'g'risidagi nizom va boshqa ichki hujjatlar qabul qilingan. Jamiyat faoliyati halollik, ochiqlik va qonun ustuvorligi tamoyillari asosida tashkil etilmoqda.
Jamiyatda korrupsiyaga qarshi ishlar tizimli yo'lga qo'yilgan bo'lib, bu jarayonda har bir xodimning faol ishtiroki muhim ahamiyatga ega. Har bir xodim o'z vazifalarini mas'uliyat bilan, halol va vijdonan bajarishi, korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga o'z hissasini qo'shishi lozim.
Hurmat bilan,
UzAssets AJ Boshqaruvi raisi
Korrupsiya fakti to'g'risida xabar berish
Agar sizga "UzAssets" aksiyadorlik jamiyati faoliyati bilan bog'liq qonunchilik buzilishi holatlari yoki xodimlarning noqonuniy xatti-harakatlari ma'lum bo'lsa, Jamiyatning "Ishonch telefoni" orqali xabar qilishingiz yoki quyidagi havola orqali ma'lumotlarni to'ldirib yuborishingiz mumkin:
Murojaat yuborish oynasiga o'tishJismoniy shaxslar va yuridik shaxslarning murojaatlarini "Ishonch telefoni" orqali qabul qilish haftaning ish kunlarida soat 9:00 dan 18:00 ga qadar amalga oshiriladi. Murojaatlar anonimligi hamda qo'ng'iroq egasi tomonidan berilgan ma'lumotlar sir tutilishi kafolatlanadi.
Korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishga mo'ljallangan aloqa kanallari
Jamiyatda korrupsiyaviy holatlar yuzasidan anonim so'rovnomada ishtirok eting. Sizning fikringiz muhim!
So'rovnomani boshlash