ADCB vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

ADCB vakillari bilan uchrashuv

ADCB vakillari bilan uchrashuv
Bo'limsiz 📅 03.09.2026

2026-yil 3-sentabr kuni «UzAssets» AJda Abu Dhabi Commercial Bank (ADCB) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida O‘zbekistonda yirik davlat korxonalarini transformatsiya qilish, ularning investitsion jozibadorligini oshirish, korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda moliyaviy faoliyat shaffofligini oshirish borasida olib borilayotgan ishlarning joriy natijalari muhokama qilindi.

Alohida e’tibor kapital bozorini rivojlantirish va xususiylashtirish dasturini amalga oshirish, jumladan, xalqaro investorlarni jalb etish hamda yirik davlat korxonalarining IPOlarini o‘tkazish istiqbollariga qaratildi. Tomonlar bozorning joriy holati, rejalashtirilayotgan bitimlar va xalqaro moliya institutlarining ushbu jarayonlarda ishtirok etish imkoniyatlari yuzasidan dolzarb ma’lumotlar almashdilar.

Uchrashuv doirasida moliyalashtirishni jalb etish, mavjud majburiyatlarni qayta moliyalashtirish hamda investitsiya loyihalarini amalga oshirish sohalaridagi hamkorlik imkoniyatlari ham muhokama qilindi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirish, tajriba va dolzarb ma’lumotlar almashinuvini kengaytirish, xalqaro kapitalni jalb etish, shuningdek, O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalarining investitsion salohiyatini oshirish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top