Citibank vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Citibank vakillari bilan uchrashuv

Citibank vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 05.06.2026

2026-yil 4-iyun kuni “UzAssets” AJda Citibank delegatsiyasi bilan ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Delegatsiyaga Yaqin Sharq va Afrika mintaqasi bo‘yicha boshqaruvchi direktor Rizvon Hayder Shayx boshchilik qildi.
Uchrashuv davomida tomonlar Citibankning O‘zbekiston davlat kompaniyalari bilan amalga oshirayotgan hamkorligi, shuningdek, xalqaro moliyalashtirishni jalb qilish, likvidlikni boshqarish, g‘aznachilik operatsiyalari va moliyaviy xatarlarni boshqarish instrumentlarini rivojlantirish sohalarida hamkorlikni yanada kengaytirish istiqbollarini muhokama qildilar.
Shuningdek, O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish, davlat korxonalarini xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash, korporativ boshqaruv va moliyaviy menejmentning ilg‘or xalqaro amaliyotlarini joriy etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Tomonlar valyuta xatarlarini xedjirlash instrumentlarini rivojlantirish, davlat kompaniyalarida g‘aznachilik funksiyalarini takomillashtirish hamda milliy valyutada moliyalashtirish imkoniyatlarini kengaytirish masalalari yuzasidan ham fikr almashdilar.
Citibank vakillari O‘zbekistondagi faoliyatini yanada rivojlantirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqlab, investitsiya-bank xizmatlari, likvidlikni boshqarish va xalqaro moliya bozorlaridagi bitimlarni kuzatib borish sohalaridagi xalqaro tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar “UzAssets” AJ portfelidagi kompaniyalarning investitsiyaviy jozibadorligi va moliyaviy boshqaruv samaradorligini oshirishga qaratilgan konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlash bo‘yicha o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top