“Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv.

“Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv.
Yangiliklar 📅 15.02.2024

Joriy yil 20-fevral kuni “UzAssets investisiya kompaniyasi”AJ rahbariyati (keyingi o‘rinlarda-“Uzassets” AJ deb yuritiladi) va “Deloitte” xalqaro kompaniyasi vakillari bilan ishchi uchrashuvi o‘tkazildi.

“UzAssets” AJ boshqaruvi raisi B.Abdinazarov yig‘ilish ishtirokchilarini Jamiyatning aniq strategik maqsadlari bilan tanishtirdi. Shuningdek, “UzAssets” AJ boshqaruvi raisining birinchi o‘rinbosari A.Ilkevichyus strategik davlat korxonalarini transformatsiyasi bo‘yicha kutilayotgan loyihalar haqida hamda ularni amalga oshirish bo’yicha kutilyotgan muddatlar to‘g’risida ma’lumot berib o‘tdi.

Uchrashuvda “Deloitte” xalqaro kompaniyasi hamkori (Buyuk Britaniya) E.Grimston yirik kompaniyalarni transformasiyasi bo‘yicha muvaffaqiyatli yakunlangan loyihalar yuzasidan taqdimot qildi.

Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar yirik korxonalarni transformatsiya qilish bo‘yicha hamkorlikni yanada rivojlantirish imkoniyatlarini muhokama qildilar. 

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top