Jefferies xalqaro investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Jefferies xalqaro investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv

Jefferies xalqaro investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 14.10.2026

2026-yil 13-oktabr kuni «UzAssets» AJda Jefferies xalqaro investitsiya banki vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish istiqbollari, xususiylashtirish mexanizmlarini yanada takomillashtirish hamda xorijiy investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda tomonlar xalqaro investitsiya hamjamiyatining O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqishi hamda mamlakat iqtisodiyotida xorijiy investorlar ishtirokini yanada kengaytirish istiqbollarini qayd etdilar.

Yirik davlat korxonalarining IPOlarini o‘tkazish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi. Tomonlar ommaviy aksiyalarni joylashtirishda bozor kon’yunkturasi, kompaniyalarning tayyorgarlik darajasi va xalqaro investorlar qiziqishini saqlab qolish zaruratini hisobga olgan holda izchil yondashuvni qo‘llash muhimligini muhokama qildilar.

Shuningdek, davlat aktivlarini xususiylashtirishni davom ettirish salohiyati, jumladan, turli miqyosdagi korxonalarga xususiy kapitalni jalb etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Xususiy investitsiyalar sektorining rivojlanishi korxonalarni boshqarish samaradorligini oshirish, raqobat muhitini mustahkamlash va davlat aktivlarining iqtisodiy salohiyatini ro‘yobga chiqarishga xizmat qilishi mumkinligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini yanada rivojlantirish, xalqaro moliya institutlari va investorlar bilan hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga uzoq muddatli investitsiyalarni jalb etish imkoniyatlarini kengaytirish muhimligini ta’kidladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top