2026-yil 16-oktabr kuni “UzAssets” AJ vakillari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan «Corporate Governance Day» tadbirida ishtirok etdi. Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamg‘armasi (UzNIF) tomonidan tashkil etildi. Jamg‘arma boshqaruvi Franklin Templeton Asset Management MChJ tomonidan amalga oshiriladi.
Tadbirda O‘zbekistonning portfel davlat kompaniyalari kuzatuv kengashlari va ijroiya organlari vakillari, korporativ kotiblar, aksiyadorlar va davlat organlari vakillari, shuningdek, korporativ boshqaruv sohasidagi xalqaro ekspertlar ishtirok etdilar.
Tadbir dasturidan kuzatuv kengashlari a’zolari, ijroiya rahbariyati vakillari va korporativ kotiblar uchun parallel sessiyalar o‘rin oldi. Ishtirokchilar O‘zbekistonda korporativ boshqaruvning asosiy jihatlari va zamonaviy amaliyotlari, kuzatuv kengashlari, ijroiya organlari va aksiyadorlar o‘rtasidagi samarali hamkorlik tamoyillari, shuningdek, korporativ kotiblarning roli, vazifalari va faoliyatidagi ilg‘or tajribalarni muhokama qildilar.
Qo‘shma sessiya doirasida ishtirokchilar aksiyadorlarning portfel kompaniyalariga nisbatan kutuvlarini muhokama qildilar hamda savol-javob sessiyasida qatnashdilar. Shuningdek, dasturdan kuzatuv kengashlari faoliyati samaradorligini baholash yondashuvlari va ularni O‘zbekiston davlat kompaniyalarida amaliyotga tatbiq etish imkoniyatlari muhokamasi muhokamasi ham bo‘lib o‘tdi.