JPMorgan vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

JPMorgan vakillari bilan uchrashuv

JPMorgan vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 18.06.2026

2026 yil 17 iyun kuni “UzAssets” AJda JPMorgan vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlari, jumladan O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalarini xususiylashtirish dasturini amalga oshirish, IPOga chiqish rejalari, shuningdek korporativ boshqaruv sohasidagi islohotlar va yirik davlat kompaniyalari faoliyatining shaffofligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda hamkorlikni yanada rivojlantirish, investitsion muloqotni kengaytirish hamda bankning tuzilmaviy islohotlar va xususiylashtirish jarayonlarida ishtirok etish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi. Bu jarayonlar yirik korxonalar samaradorligi va investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan.
Tomonlar hamkorlikni mustahkamlash va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar, shuningdek investitsion tashabbuslarni ilgari surish va O‘zbekiston davlat kompaniyalari bilan birgalikda ustuvor loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka tayyor ekanliklarini tasdiqladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top