Morgan Stanley vakillari bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Morgan Stanley vakillari bilan uchrashuv

Morgan Stanley vakillari bilan uchrashuv
Yangiliklar 📅 17.06.2026

2026-yil 17-iyun kuni “UzAssets” AJda yetakchi xalqaro investitsiya banklaridan biri bo‘lgan Morgan Stanley vakillari — Boshqaruvchi direktor Gergely Vorosh hamda Ijrochi direktor Yevgeniy Gaysev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar milliy kapital bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari, shuningdek, O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalariga xalqaro investorlarni jalb qilish imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Davlat kompaniyalarini IPO orqali kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
Morgan Stanley vakillari xalqaro investitsiya hamjamiyati tomonidan O‘zbekistonga bo‘lgan qiziqish yuqori ekanligini ta’kidlab, mamlakat iqtisodiyotining barqaror o‘sish sur’atlarini hamda iqtisodiyotni liberallashtirish, xususiy sektorni rivojlantirish va mamlakat investitsiyaviy jozibadorligini oshirishga qaratilgan islohotlarni yuqori baholadilar.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalarini xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorlash, shuningdek, mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish masalalari bo‘yicha konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top