“Navoiy kon-metallurgiya kombinati” aksiyadorlik jamiyati (“NKMK” AJ) “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan ilk bor korporativ ESG-reytingi berilganini e’lon qiladi. Kompaniya ESG-reytingini ‘3’ darajasida (1 dan 5 gacha bo‘lgan shkalada, bunda 1 – past xavf-xatar darajasi, 5 – yuqori xavf-xatar darajasini anglatadi) va umumiy 51 ball (100 balldan) bilan oldi.
ESG-reytingini berish uchun agentlik “NKMK” AJning barqaror rivojlanish strategiyasi va tashabbuslari, kompaniyaning korporativ boshqaruv amaliyotlari hamda uning ijtimoiy va ekologik ta’sirini har tomonlama baholadi.