“O‘zbekiston davlat korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi” bo‘yicha seminar – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“O‘zbekiston davlat korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi” bo‘yicha seminar

“O‘zbekiston davlat korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi” bo‘yicha seminar
Yangiliklar 📅 19.06.2026

2026-yil 18-iyun kuni “UzAssets” AJ va Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magida va xalqaro ekspertlar ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat korxonalari uchun “Ichki audit metodologiyasi” bo‘yicha ikkinchi o‘quv seminarini o‘tkazdi.
Seminar asosiy mavzusi ichki auditning yillik rejasini shakllantirishda riskka yo‘naltirilgan yondashuvni amaliy qo‘llashga bag‘ishlandi.
Ishtirokchilarga audit obyektlarining umumiy majmuasini shakllantirishdan boshlab yillik audit tekshiruvlari rejasini tayyorlashgacha bo‘lgan to‘liq rejalashtirish siklini qamrab oluvchi model taqdim etildi.
Amaliy sessiya davomida mutaxassislar model tuzilmasi, risklarni baholash va ularni reytinglash tartibi, resurslarni rejalashtirish yondashuvlari hamda audit faoliyatining ustuvor yo‘nalishlarini aniqlash mexanizmlarini ko‘rib chiqdilar. Shuningdek, ichki audit xizmati resurslarini hisoblash va ularni yillik rejani shakllantirishda samarali taqsimlashga alohida e’tibor qaratildi.
Seminarda xalqaro ichki audit standartlari va korporativ boshqaruvning ilg‘or amaliyotlarini hisobga olgan holda davlat korxonalarida riskka yo‘naltirilgan metodologiyani qo‘llash bo‘yicha amaliy misollar ko‘rib chiqildi va muhokama qilindi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar ichki auditni rejalashtirish jarayonlarini takomillashtirish hamda davlat kompaniyalarida ichki nazorat va risklarni boshqarish tizimlari samaradorligini oshirish bo‘yicha amaliy vositalarga ega bo‘ldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top