«O‘zbekiston Respublikasi davlat ishtirokidagi korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi» bo‘yicha seminar – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«O‘zbekiston Respublikasi davlat ishtirokidagi korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi» bo‘yicha seminar

«O‘zbekiston Respublikasi davlat ishtirokidagi korxonalari uchun ichki audit metodologiyasi» bo‘yicha seminar
Yangiliklar 📅 12.06.2026

2026-yil 11-iyun kuni “UzAssets” AJ Osiyo taraqqiyot bankining texnik ko‘magi va xalqaro konsultantlarning ekspert ko‘magida O‘zbekiston Respublikasining yirik davlat ishtirokidagi korxonalari mutaxassislari uchun
«Ichki audit metodologiyasi» bo‘yicha real amaliy holatlarni muhokama qilish va tahlil etishni o‘z ichiga olgan to‘rtta oflayn o‘quv seminaridan iborat dastur amalga oshirilishini boshladi.
Seminarlar dasturi yirik davlat korxonalarida ichki audit tizimini yanada takomillashtirish, audit tekshiruvlarini rejalashtirish va amalga oshirishda xalqaro standartlar hamda zamonaviy korporativ boshqaruv tamoyillariga muvofiq riskga yo‘naltirilgan yondashuvni joriy etishga qaratilgan.
Birinchi seminar doirasida ichki audit xizmatining yillik faoliyatini rejalashtirishning asosiy masalalari ko‘rib chiqildi. Jumladan, riskga yo‘naltirilgan yondashuv metodologiyasi, yillik audit rejasini shakllantirishning asosiy bosqichlari, risklarni baholash va darajalash mezonlari hamda audit obyektlarini ustuvorlashtirish mexanizmlari muhokama qilindi.
Dastur doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Korxonalarda ichki audit faoliyatini takomillashtirish va xalqaro standartlarga mos samarali ichki audit tizimini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori loyihasini muhokama qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Mazkur qaror loyihasi ichki audit sohasidagi normativ-huquqiy bazani yanada takomillashtirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda “UzAssets” AJ tomonidan Osiyo taraqqiyot bankining xalqaro konsultantlari ekspert ko‘magida ishlab chiqilgan. Hujjat milliy talablarni Ichki Auditorlar Instituti (IIA) tomonidan ishlab chiqilgan Global Internal Audit Standards bilan uyg‘unlashtirishni, shuningdek davlat ishtirokidagi korxonalarda ichki auditni tashkil etish va amalga oshirishning zamonaviy yondashuvlarini joriy etishni nazarda tutadi.
O‘quv dasturi ichki audit faoliyatining asosiy yo‘nalishlarini qamrab oladi. Jumladan, risk tahliliga asoslangan yillik audit rejasini shakllantirish, audit faoliyatini rejalashtirish vositalarini amaliy qo‘llash, audit tekshiruvlarini o‘tkazish metodologiyasi, sifatli audit hisobotlarini tayyorlash hamda audit natijalari bo‘yicha tavsiyalar ijrosini monitoring qilish masalalari o‘rganiladi. Dasturda amaliy mashg‘ulotlar, davlat kompaniyalari faoliyatidan olingan keyslarni tahlil qilish va ishtirokchilar o‘rtasida professional tajriba almashishga alohida urg‘u berilgan.
Birinchi seminar yakunlariga ko‘ra, O‘zbekistonning 22 ta eng yirik davlat kompaniyasi mutaxassislari ichki audit faoliyatini rejalashtirishda riskga yo‘naltirilgan yondashuvni qo‘llash bo‘yicha amaliy bilim va vositalarga ega bo‘ldilar, yillik audit rejasini shakllantirish hamda audit obyektlarini ustuvorlashtirishning zamonaviy yondashuvlarini o‘zlashtirdilar, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori loyihasida nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar bilan tanishdilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top