2026-yil 15-may kuni “UzAssets” AJda SAP kompaniyasi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasining yirik korxonalarida ERP tizimlarini joriy etish jarayonida ishtirok etayotgan davlat korxonalari mutaxassislari uchun seminar tashkil etildi.
Tadbir doirasida davlat korxonalarini raqamli transformatsiya qilishning quyidagi muhim masalalari ko‘rib chiqildi:
– ERP tizimlarini joriy etish loyihalarining joriy holati;
– joriy etish loyihalarini boshqarish, jumladan amalga oshirish bosqichlari va zarur kadrlar resurslari;
– hamkorlar va integratorlarning roli, mas’uliyati hamda ish sifati;
– loyihalarni joriy etish jarayonida va ular yakunlangandan keyin korxonalar transformatsiyasi;
– sifat nazorati va kompetensiya markazlari faoliyati masalalari.
Shuningdek, SAP’ning ТОРО EAM mavzusi bo‘yicha alohida seminar tashkil etildi. Unda quyidagi masalalar muhokama qilindi:
– SAP EAM Academy’ning umumiy qoidalari;
– ishlab chiqarish aktivlarini boshqarishning asosiy jarayonlari;
– joriy etish loyihalarini amalga oshirish yondashuvlari;
– tizimlarni joriy etishdan kutilayotgan samaradorlik;
– tashabbuslarni rivojlantirish bo‘yicha keyingi qadamlar.
Seminarda transformatsiya loyihalari rahbarlari, korxonalarning IT yo‘nalishi mutaxassislari, ERP joriy etish loyihalari rahbarlari, shuningdek bosh muhandis, ta’mirlash va ekspluatatsiya xizmatlari vakillari ishtirok etdi.
O‘tkazilgan tadbir tajriba almashish, raqamli transformatsiyaning amaliy jihatlarini muhokama qilish hamda O‘zbekistonning yirik korxonalarida ERP yechimlarini joriy etish samaradorligini oshirish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.