2026 yil 17 iyun kuni “UzAssets” AJda xalqaro moliyaviy guruh Société Générale vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda Aymerik Arno — Société Générale’ning mintaqaviy rahbari, Yuriy Kiselov — MDH qarz kapitali bozorlari rahbari, Per Buig — korporativ moliya bo‘limi rahbari, Teyba Guliyeva — MDH mamlakatlari bo‘yicha rahbar, shuningdek guruhning boshqa vakillari ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida tomonlar amalga oshirilayotgan loyihalarning joriy holatini muhokama qildilar hamda moliyalashtirishni jalb etish va xalqaro kapital bozori instrumentlaridan foydalanish sohasida hamkorlikni rivojlantirish masalalari bo‘yicha fikr almashdilar.
Shuningdek, Société Générale’ning bitimlarni strukturalash, moliyaviy transformatsiya va O‘zbekiston davlat kompaniyalarining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha maslahat xizmatlarida ishtirok etish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Alohida ravishda korporativ boshqaruvda xalqaro standartlarni joriy etish va yirik davlat korxonalari ishtirokidagi loyihalar bo‘yicha hamkorlikni kengaytirishning ahamiyati qayd etildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar hamkorlikni yanada rivojlantirish va konstruktiv muloqotni davom ettirishga o‘zaro manfaatdor ekanliklarini tasdiqladilar.