“UzAssets” AJ Boshqaruv raisi B. Abdinazarovning “Markaziy Osiyo kapital bozorlari bo‘yicha rahbarlar forumi”da ishtiroki – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJ Boshqaruv raisi B. Abdinazarovning “Markaziy Osiyo kapital bozorlari bo‘yicha rahbarlar forumi”da ishtiroki

“UzAssets” AJ Boshqaruv raisi B. Abdinazarovning “Markaziy Osiyo kapital bozorlari bo‘yicha rahbarlar forumi”da ishtiroki
Yangiliklar 📅 19.06.2026

2026-yil 18-iyun kuni Toshkent shahrida Global Banking & Markets nashri tomonidan tashkil etilgan “Markaziy Osiyo kapital bozorlari bo‘yicha rahbarlar forumi” bo‘lib o‘tdi.
Tadbir Markaziy Osiyo qarz bozorlarini rivojlantirish istiqbollari va O‘zbekistonning global moliyaviy tizimidagi o‘rni bo‘yicha muhokamalar o‘tkazish uchun davlat organlari, moliya institutlari, xalqaro investorlar va kapital bozori ekspertlarini birlashtirdi.
Forumda “UzAssets” AJ Boshqaruv raisi Bobur Abdinazarov ishtirok etdi va u “O‘zbekiston kapital bozorining yangi avlod emitentlari istiqbollari” sessiyasi doirasida O‘zbekiston kapital bozorida yangi avlod emitentlarining paydo bo‘lish istiqbollariga bag‘ishlangan ma’ruza bilan chiqish qildi.
“UzAssets” AJ raisi O‘zbekiston kapital bozori rivojlanishning yangi bosqichiga kirib borayotganini, unda korporativ va tarmoq emitentlarining roli tobora ortib borishini ta’kidladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, transformatsiya dasturlarini amalga oshirayotgan yirik davlat kompaniyalari ushbu jarayonda muhim ishtirokchi bo‘ladi.
Muhokamalar davomida potensial emitentlarning ichki va xalqaro kapital bozorlariga chiqishga tayyorgarligi, investorlar ishonchini mustahkamlash hamda mamlakat moliya bozori infratuzilmasini yanada rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, bank, energetika, transport, infratuzilma va sanoat sektorlaridagi korxonalar tomonidan moliyalashtirish jalb etish istiqbollariga alohida e’tibor qaratildi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top