«UzAssets» AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarovning «Xalqaro moliyani jalb qilish: kichik va o‘rta biznesdan yirik kompaniyalargacha» forumida ishtiroki – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«UzAssets» AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarovning «Xalqaro moliyani jalb qilish: kichik va o‘rta biznesdan yirik kompaniyalargacha» forumida ishtiroki

«UzAssets» AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarovning «Xalqaro moliyani jalb qilish: kichik va o‘rta biznesdan yirik kompaniyalargacha» forumida ishtiroki
Yangiliklar 📅 19.02.2026

2026 yil 18 fevral kuni «Xalqaro moliya jalb qilish: kichik va o‘rta biznesdan yirik kompaniyalargacha» mavzusida forum bo‘lib o‘tdi. Mazkur forum
«Finasia Capital», «Societe Generale» banki hamda «Dentons» kompaniyalari tomonidan tashkil etildi.

Tadbirda xalqaro moliya institutlari, jumladan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki va Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC), kompaniyalar hamda davlat tashkilotlari vakillari ishtirok etdi.

Tadbir doirasida O‘zbekiston iqtisodiyotiga xalqaro kapital jalb qilishning ustuvor yo‘nalishlari, institutsional islohotlarning samaradorligi, korporativ boshqaruv standartlarini takomillashtirish hamda kapital bozorlarini rivojlantirish masalalari muhokama qilindi.

«O‘zbekistonga xalqaro moliya oqimi: asosiy omillar va kutilmalar» mavzusidagi panel sessiyasida «UzAssets» AJ boshqaruv raisi B. Abdinazarov davlat ishtirokidagi korxonalarni transformatsiya qilish, ularning moliyaviy shaffofligini ta’minlash va investitsiyaviy jozibadorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida axborot berdi.

Jumladan, xalqaro moliyaviy hisobot standartlarini keng joriy etish, xalqaro va milliy kredit reytinglarini yaxshilash, ESG reytinglarini olish va takomillashtirish, kuzatuv kengashlarida mustaqil a’zolar ulushini oshirish orqali korporativ boshqaruvni mustahkamlash, shuningdek, yevrobondlar chiqarish orqali xalqaro kapital bozorlariga chiqish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir yakunida loyihalarni moliyalashtirish, xalqaro kredit reytinglari hamda kapital bozorlari instrumentlari yuzasidan amaliy tajriba almashish sessiyalari tashkil etildi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top