“UzAssets” AJ, Franklin Templeton kompaniyasi, “Hududgazta’minot” AJ hamda ILF Consulting Engineers xalqaromuhandislik-konsalting kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJ, Franklin Templeton kompaniyasi, “Hududgazta’minot” AJ hamda ILF Consulting Engineers xalqaromuhandislik-konsalting kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

“UzAssets” AJ, Franklin Templeton kompaniyasi, “Hududgazta’minot” AJ hamda ILF Consulting Engineers xalqaromuhandislik-konsalting kompaniyasi vakillari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar 📅 13.05.2026

Uchrashuv davomida gaz taqsimlash infratuzilmasini modernizatsiya qilish dasturini amalga oshirishga qaratilgan yondashuvlar, gaz ta’minoti tizimining ishonchliligi, samaradorligi va barqarorligini oshirish maqsadida muhokama qilindi.
Shuningdek, loyiha uchun pilot hududni tanlash imkoniyatlari hamda dasturni O‘zbekiston bo‘ylab kengaytirish istiqbollari ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, pilot loyihani moliyalashtirish masalalari, modernizatsiya xarajatlarini hisoblash yondashuvlari, kapital va operatsion xarajatlarni baholash hamda kutilayotgan iqtisodiy samarani aniqlash masalalari muhokama qilindi.
Infratuzilmaning texnik diagnostikasi, operatsion samaradorlikni oshirish, yo‘qotishlarni kamaytirish hamda zamonaviy muhandislik va boshqaruv yechimlarini joriy etishga alohida e’tibor qaratildi.
Uchrashuv yakunida tomonlar zarur materiallarni tayyorlash va modernizatsiya dasturini amalga oshirishning keyingi bosqichlarini ishlab chiqish bo‘yicha hamkorlikni davom ettirishga kelishib oldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top