«UzAssets» AJ va World Economic Forum investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«UzAssets» AJ va World Economic Forum investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi

«UzAssets» AJ va World Economic Forum investitsiyaviy hamkorlikni muhokama qildi
Yangiliklar 📅 26.06.2026

2026-yil 26-iyunda «UzAssets» AJda Yevropa va Yevroosiyoda hamkorliklarni rivojlantirish bo‘yicha World Economic Forum vakili Marven Garbaa bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida «UzAssets» AJ rahbariyati kompaniya faoliyati, davlat aktivlarini boshqarish samaradorligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, davlat korxonalarini xususiylashtirishga tayyorlash, korporativ boshqaruvni takomillashtirish hamda yirik davlat kompaniyalarining investitsion jozibadorligini oshirish bo‘yicha ishlar haqida ma’lumot taqdim etdi.
World Economic Forum vakili Forumning missiyasi va faoliyati, davlat va xususiy sektor hamkorligini rivojlantirishga qaratilgan xalqaro platforma sifatidagi roli, shuningdek korporativ boshqaruv, moliya bozorlari, raqamli transformatsiya va barqaror iqtisodiy rivojlanishga qaratilgan tashabbuslar va tadbirlarda ishtirok etish imkoniyatlari haqida ma’lumot berdi.
Tomonlar hamkorlik istiqbollarini, jumladan xalqaro tajriba almashish, WEF ekspert va tarmoq hamjamiyatlarida ishtirok etish, O‘zbekistonning investitsion salohiyatini xalqaro maydonlarda ilgari surish hamda davlat korxonalarining korporativ boshqaruvini takomillashtirishga qaratilgan tashabbuslarda hamkorlikni kengaytirish masalalarini muhokama qildilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirishdan manfaatdor ekanliklarini bildirdilar va xalqaro tashabbuslar hamda ekspert platformalari doirasida hamkorlik bo‘yicha takliflarni ishlab chiqishni davom ettirishga kelishib oldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top