“UzAssets” AJ vakillarining “Oʻzmetkombinat” AJga tashrifi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJ vakillarining “Oʻzmetkombinat” AJga tashrifi

“UzAssets” AJ vakillarining “Oʻzmetkombinat” AJga tashrifi
Yangiliklar 📅 21.02.2026

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi “Davlat korxonalarida tannarxni kamaytirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi F-59-son farmoyishiga muvofiq hamda 2026-yil uchun aksiyador kutilmasiga asosan tasdiqlangan transformatsiya dasturida belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida joriy yilning 19-fevral kuni “UzAssets” AJ vakillari “Oʻzmetkombinat” AJga tashrif buyurishdi.
Uchrashuv davomida transformatsiya dasturi doirasida korxonaning rivojlanish strategiyasi, biznes-modeli, investitsiya portfeli, ishlab chiqarish dasturlari, moliyaviy boshqaruv tizimlari hamda mavjud axborot tizimlarini “Yagona transformatsiya platformasi” bilan integratsiya qilish masalalari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, transformatsiya dasturi doirasida korxonada “Yagona g‘aznachilik” axborot tizimi hamda “Moliyaviy model” elektron dasturini joriy etish imkoniyatlari ham ko‘rib chiqildi.
Korxonada tegishli tarkibiy bo‘linmalar rahbarlari ishtirokida ishchi muhokamalar o‘tkazildi hamda ishchi guruh tomonidan ishlab chiqarish va boshqaruv obyektlari bilan joyida tanishuv amalga oshirildi.
Mazkur tashrif korxonada boshqaruv samaradorligini oshirish, moliyaviy shaffoflikni kuchaytirish hamda raqamli transformatsiya jarayonlarini izchil amalga oshirish uchun muhim ahamiyatga ega.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top