«UzAssets» AJ xodimlari «O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunningasosiy qoidalari bilan tanishtirildi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«UzAssets» AJ xodimlari «O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunningasosiy qoidalari bilan tanishtirildi

«UzAssets» AJ xodimlari «O‘zbekiston RespublikasiPrezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy qonunningasosiy qoidalari bilan tanishtirildi
Bo'limsiz 📅 25.08.2026

«UzAssets» AJ xodimlari O‘zbekiston Respublikasining 2026-yil
14-avgustdagi 1166-son «O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi to‘g‘risida»gi Konstitutsiyaviy Qonuni bilan tanishtirildi.

Tanishtirish doirasida xodimlarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi faoliyatini, uning huquqiy maqomi, asosiy vazifalari va vakolatlarini tartibga soluvchi hujjatning asosiy qoidalari taqdim etildi.

Hujjatda nazarda tutilgan asosiy o‘zgarishlar va yangiliklarga, shuningdek, ularning davlat boshqaruvi tizimini takomillashtirish hamda davlat organlari va tashkilotlari o‘rtasidagi samarali hamkorlikni ta’minlashdagi ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, Konstitutsiyaviy qonunda belgilangan Administratsiya faoliyatining asosiy yo‘nalishlari, uning davlat organlari va tashkilotlari bilan o‘zaro hamkorligi, shuningdek, amaldagi qonunchilikdagi ayrim o‘zgarishlar ko‘rib chiqildi.

Tanishtirish jarayonida xodimlar yangi qonunchilik hujjatining mazmuni va asosiy qoidalari haqida batafsil ma’lumot olish, hujjatning ayrim normalarini muhokama qilish hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top