“UzAssets” AJda Mustaqillik bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi hamda bir guruh Jamiyat xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Mazkur esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 22 avgustdagi PF-168-sonli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.
Ushbu yuksak eʼtirof xodimlarni kelgusida o‘z vazifalariga yana-da masʼuliyat va sadoqat bilan yondashishga, yana-da yuqori natijalarga erishish hamda Jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.
Taqdirlangan xodimlar Prezidentimizning yuksak ishonchi va eʼtibori uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyoti yo‘lida munosib xizmat qilishlarini bildirdilar.