«UzAssets» AJda Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«UzAssets» AJda Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv.

«UzAssets» AJda Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv.
Yangiliklar 📅 15.02.2025

12-fevral kuni «UzAssets» AJda Osiyo Taraqqiyot Banki (OTB) konsultatsion missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda davlat korxonalarini qo‘llab-quvvatlashga oid asosiy masalalar muhokama qilindi.

Uchrashuvda mutaxassislarni o‘qitish va davlat korxonalariga ESG standartlarini samarali joriy etishda yordam berish maqsadida Ilg‘or tajriba markazini (CoE) tashkil etishga alohida e’tibor qaratildi. Bunday markaz davlat korxonalarining barqarorligini ta’minlashda muhim vosita bo‘lib, ularga xalqaro standartlarni o‘z faoliyatiga integratsiya qilish uchun zarur bo‘lgan bilim va resurslarni taqdim etadi.

Uchrashuv davomida ESG dasturi doirasida qo‘llab-quvvatlash uchun nomzod bo‘lishi mumkin bo‘lgan ayrim davlat korxonalari muhokama qilindi. Xususan, ularning barqarorligini oshirish, ijtimoiy mas’uliyatini yaxshilash va xalqaro standartlarga moslashtirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi PQ-16-sonli «O‘zbekiston – 2030 strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Davlat dasturi to‘g‘risida»gi Farmonida belgilangan tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida, tomonlar mutaxassislarni o‘qitish va davlat korxonalarining faoliyatiga ESG standartlarini joriy etish bo‘yicha yanada batafsil yondashuvni ishlab chiqish uchun Ilg‘or tajriba markazi konsepsiyasini takomillashtirishga kelishib oldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top