“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi.

“UzAssets” AJda  Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakolatxonasi vakillari bilan uchrashuvi.
Yangiliklar 📅 15.04.2024

3-aprel kuni “UzAssets” AJ hamda Osiyo taraqqiyot banki (OTB) vakillari o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Mazkur muloqotda “UzAssets” AJ tomonidan ESG tamoyillari va Moliyaviy hisobotning xalqaro standartlarini (IFRS) davlat korxonalarida joriy qilish va ushbu yo‘nalishlar bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tildi.

Uchrashuv davomida Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ESGni joriy etish hamda davlat korxonalari uchun “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari va loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘magi haqida muhokama qilindi.

Asosiy e’tibor davlat korxonalarda ESG tizimini rivojlantirishda o‘zaro hamkorlikni kengaytirish va strategik loyihalarni OTB ekspertlari, “UzAssets” AJ va davlat korxonalarni mutaxassislari bilan kelgusida amalga oshiriladigan ishlarga qaratildi.

Tomonlar kelgusidagi hamkorlik yo‘nalishlarini belgilab olib, ESG xalqaro miqyosda foydalanish va «yashil» moliyalashtirish mexanizmlarini davlat korxonalarida tatbiq qilish bo‘yicha OTB ekspertlari ishtirokida alohida uchrashuvlar tashkil etish va yuzaga kelgan savollar bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishga kelishib oldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top