Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)  vakillari bilan uchrashuv. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)  vakillari bilan uchrashuv.

Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC)  vakillari bilan uchrashuv.
Yangiliklar 📅 15.04.2024

4-aprel kuni Xalqaro moliya korporatsiyasi (IFC) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.  

Uchrashuvda “UzAssets” AJ raxbariyati davlat korxonalarida transformatsiya bo‘yicha olib borilayotgan ishlar bilan tanishtirib o‘tdi.

 Shu bilan birga uchrashuv davomida IFC bilan  strategik sheriklik mustahkamlanib borayotganini, qolaversa, O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan davlat korxonalarini xususiylashtirish va chet el investitsiyalarini jalb etish jarayonlarida Xalqaro moliya korporatsiyasining ishtiroki muhimligiga alohida eʼtibor qaratildi.  

 Uchrashuv yakunida, tomonlar yangi istiqbolli loyihalarni “UzAssets” AJ va davlat korxonalari bilan birgalikda ishlab chiqish, bunda, IFC ekspertlarini “UzAssets” AJ tomonidan amalga oshiriladigan transformatsiya dasturlariiga keng jalb qilish bo‘yicha hamkorlik ishlarini amalga oshirishga kelishib olindi. 

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top