2026 yil 17 iyun kuni “UzAssets” AJda STJ va FinAsia kompaniyalari vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv O‘zbekistonning yirik davlat kompaniyalarini transformatsiya qilish va xususiylashtirish doirasida hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishga bag‘ishlandi.
Muzokaralar davomida tomonlar xalqaro moliya bozorlaridagi joriy tendensiyalar, aktivlarning investitsiyaviy jozibadorligini oshirish masalalari hamda O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan loyihalarga xorijiy investorlar ishtirokini kengaytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdilar.
Alohida e’tibor O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalarini bozor moliyalashtirish mexanizmlariga tayyorlash, zamonaviy korporativ boshqaruv standartlarini joriy etish va ularning faoliyati shaffofligini oshirish masalalariga qaratildi.
Uchrashuv yakunlariga ko‘ra, tomonlar istiqbolli loyihalarni amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilish hamda O‘zbekiston kapital bozorini rivojlantirish sohasida xalqaro tajriba almashish bo‘yicha ishchi muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.