2026-yil 19-iyun kuni “UzAssets” AJda xalqaro moliyaviy-konsalting kompaniyasi “Lazard”ning Katta maslahatchisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston Respublikasi davlat kompaniyalarini xususiylashtirish dasturini amalga oshirish doirasida hamkorlik istiqbollarini, shuningdek, yirik davlat kompaniyalarini xalqaro kapital bozorlarida aksiyalarini joylashtirishga tayyorlash masalalarini muhokama qildilar.
“Lazard” kompaniyasi vakili ayrim kompaniyalarning kapital bozoriga chiqishga tayyorgarligi bo‘yicha o‘z qarashlarini hamda turli mamlakatlarda shunga o‘xshash bitimlarni amalga oshirish bo‘yicha xalqaro tajribasini taqdim etdi.
Tomonlar O‘zbekiston davlat korxonalarining investitsion jozibadorligini oshirish, kompaniyalarni xalqaro investorlar bilan ishlashga tayyorlash, korporativ boshqaruvni takomillashtirish va emitentlar faoliyati shaffofligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.
Uchrashuv yakunida tomonlar konstruktiv muloqotni davom ettirish hamda xususiylashtirish tashabbuslarini muvaffaqiyatli amalga oshirish va kapital bozorini yanada rivojlantirish maqsadida hamkorlikni rivojlantirishga o‘zaro qiziqish bildirdilar.