ESG sohasida kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

ESG sohasida kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning

ESG sohasida kasbiy rivojlanish uchun yangi imkoniyatlardan foydalaning
Yangiliklar 📅 30.06.2026

ESG Center of Excellence — «UzAssets» AJ tashabbusi bo‘lib, Osiyo taraqqiyot banki ko‘magida hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (VSHBP) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

Mazkur onlayn ta’lim platformasi ESG sohasida o‘qitish, bilimlarni baholash va sertifikatlash jarayonlarini birlashtiradi. Siz onlayn kurslarda tahsil olishingiz, asosiy standartlar va vositalarni o‘zlashtirishingiz hamda kasbiy kompetensiyalaringizni o‘zingiz uchun qulay sur’atda, rus va o‘zbek tillarida rivojlantirishingiz mumkin.

ESG tamoyillarini o‘zlashtirish korporativ boshqaruvni takomillashtirish, kompaniyalar faoliyatining shaffofligini oshirish hamda ularning ESG reytinglarini yaxshilashga xizmat qiladi.

O‘qishni muvaffaqiyatli yakunlaganingizdan so‘ng siz test sinovlari va yakuniy imtihondan o‘tasiz hamda sertifikatga ega bo‘lasiz.

ESG Center of Excellence — bu bilim, tajriba va kelajak uchun yangi imkoniyatlar platformasidir.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top