Davlat korxonalari mutaxassislari uchun «Yagona transformatsiya platformasi» bo‘yicha seminar – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Davlat korxonalari mutaxassislari uchun «Yagona transformatsiya platformasi» bo‘yicha seminar

Davlat korxonalari mutaxassislari uchun «Yagona transformatsiya platformasi» bo‘yicha seminar
Yangiliklar 📅 06.08.2026

2026-yil 5–6-avgust kunlari «UzAssets» AJ hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida O‘zbekistonning 21 ta yirik davlat korxonalari mutaxassislari uchun «Yagona transformatsiya platformasi» bo‘yicha ikki kunlik onlayn seminar tashkil etildi.

Ma’lumot uchun: «UzAssets» AJ va O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamkorligida ishlab chiqilgan «Yagona transformatsiya platformasi» davlat ishtirokidagi korxonalar faoliyatini kompleks monitoring qilishga mo‘ljallangan zamonaviy raqamli tizimdir. Platforma transformatsiya loyihalari, moliyaviy ko‘rsatkichlar, investitsiya loyihalari, kredit portfeli,
biznes-rejalar va KPI, korporativ boshqaruv, E-Kengash tizimi, ESG reytinglari hamda boshqa muhim yo‘nalishlar bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, qayta ishlash va tahlil qilish imkonini beradi.

Seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-noyabrdagi
F-59-son Farmoyishida belgilangan vazifalar, shuningdek,
«Raqamli O‘zbekiston – 2030» strategiyasining davlat korxonalarida raqamlashtirishni jadallashtirish, zamonaviy axborot texnologiyalarini joriy etish, boshqaruv samaradorligini oshirish va ularning faoliyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarini amalga oshirish doirasida tashkil etildi.

Amaliy mashg‘ulotlarni «UzAssets» AJ mutaxassislari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining Axborot texnologiyalari markazi mutaxassislari bilan hamkorlikda o‘tkazdi. Trening davomida ishtirokchilar platformaning funksional modullari, ma’lumotlarni yangilash tartibi hamda davlat korxonalari faoliyatini monitoring qilishda tahliliy vositalardan foydalanish masalalarini o‘rgandilar.

Seminarning birinchi kunida transformatsiya loyihalari monitoringi, aksiyador kutuvlarida belgilangan vazifalar ijrosi, shuningdek, Milliy buxgalteriya hisobi standartlari (MBHS) va Xalqaro moliyaviy hisobot standartlari (XMHS) bo‘yicha moliyaviy hisobotlarni kiritish masalalari ko‘rib chiqildi. Ikkinchi kun «Biznes-reja va KPI», «Korporativ boshqaruv», E-Kengash hamda
ESG yo‘nalishlariga bag‘ishlandi. Ishtirokchilarga ma’lumotlarni yuritish, ko‘rsatkichlarni kiritish va platformaning funksional imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

Seminarning asosiy maqsadi davlat korxonalari mutaxassislarining malakasini oshirish, platformaning funksional modullari bilan ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda ma’lumotlarni belgilangan standartlar asosida yuritish bo‘yicha yagona yondashuvlarni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top