«UzAssets» AJ xodimlari«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik belgisi bilan taqdirlandi – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

«UzAssets» AJ xodimlari«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik belgisi bilan taqdirlandi

«UzAssets» AJ xodimlari«O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik belgisi bilan taqdirlandi
Bo'limsiz 📅 27.08.2026

“UzAssets” AJda Mustaqillik bayrami munosabati bilan tadbir o‘tkazildi hamda bir guruh Jamiyat xodimlari «O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi» esdalik nishoni bilan taqdirlandi.

Mazkur esdalik nishoni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026 yil 22 avgustdagi PF-168-sonli Farmoniga muvofiq, mamlakatimiz taraqqiyoti yo‘lida munosib hissa qo‘shib kelayotgan xodimlarga tantanali ravishda topshirildi.

Ushbu yuksak eʼtirof xodimlarni kelgusida o‘z vazifalariga yana-da masʼuliyat va sadoqat bilan yondashishga, yana-da yuqori natijalarga erishish hamda Jamiyat rivojiga munosib hissa qo‘shishga undaydi.

Taqdirlangan xodimlar Prezidentimizning yuksak ishonchi va eʼtibori uchun samimiy minnatdorlik bildirib, bundan buyon ham o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashib, «Yangi O‘zbekiston» taraqqiyoti yo‘lida munosib xizmat qilishlarini bildirdilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top