WOOD & Co. bilan uchrashuv – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

WOOD & Co. bilan uchrashuv

WOOD & Co. bilan uchrashuv
Bo'limsiz 📅 13.10.2026

2026-yil 13-oktabr kuni “UzAssets” AJda WOOD & Co. xalqaro investitsiya kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston kapital bozorini yanada rivojlantirish istiqbollari, xususiylashtirish dasturlari va aksiyalarni birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) jarayonlarini amalga oshirish, shuningdek, ushbu jarayonlarga xalqaro investorlarni jalb etish imkoniyatlarini muhokama qildilar.

Uchrashuvda WOOD & Co. vakillari xususiylashtirish jarayonlari va IPOlarni tashkil etish bo‘yicha xalqaro tajribalari, jumladan, Markaziy va Sharqiy Yevropa mamlakatlaridagi amaliyotlari bilan tanishtirdilar. Investorlar ishonchini mustahkamlash va kapital bozorining barqaror rivojlanishini ta’minlashda izchil islohotlar, davlat korxonalari faoliyatining shaffofligini oshirish hamda bozor infratuzilmasini rivojlantirishning ahamiyatiga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, O‘zbekistondagi yirik davlat korxonalarini IPO va xususiylashtirish jarayonlariga tayyorlash istiqbollari, bozor kon’yunkturasini hisobga olgan holda aksiyalarni joylashtirish uchun maqbul muddatlarni belgilash, tegishli fond birjalarini tanlash hamda investorlar geografiyasini kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Kompaniyalarga nisbatan investorlarning barqaror qiziqishini nafaqat IPO bosqichida, balki ular kapital bozoriga chiqqanidan keyin ham saqlab qolish muhimligi alohida ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar xususiylashtirish sohasida hamkorlikni rivojlantirish, O‘zbekistonning yirik korxonalari investitsiyaviy imkoniyatlarini xalqaro investorlar orasida keng targ‘ib qilish hamda kapital bozori infratuzilmasini takomillashtirish bo‘yicha kelgusidagi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari yuzasidan fikr almashdilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top