“Uzbekistan Airports” AJ  rahbariyati bilan uchrashuv . – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“Uzbekistan Airports” AJ  rahbariyati bilan uchrashuv .

“Uzbekistan Airports” AJ  rahbariyati bilan uchrashuv .
Yangiliklar 📅 15.03.2024

Joriy yilning 28 mart kuni “UzAssets” AJ rahbariyati hamda “Uzbekistan Airports” AJ (keyingi o‘rinlarda – Jamiyatda) vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda Jamiyat tomonidan transformatsiya jarayonlari bilan bog‘liq ishlarning tashkil qilinganlik joriy holati, xususan, “UzAssets” AJ tomonidan yuborilgan Aksiyador kutilmalari loyihasi bo‘yicha bugungi kun holatiga bajarilgan ishlar muhokama qilindi. 

Muloqot davomida Jamiyat rahbariyati va masalaga aloqador mutaxassislar tomonidan Aksioner kutilmalari, “Kompleks transformatsiya chora-tadbirlarining yo‘l xaritasi” hamda  transformatsiya loyihalarining pasportlarini tayyorlash jarayonida yuzaga kelgan savollar bo‘yicha qo‘shimcha tushuntirishlar berildi.

Shuningdek, hujjatlarni tayyorlashda jarayonni transformatsiya dasturi sifatida ko‘rish va bunda loyihalarni moliyalashtirish, amalga oshirish muddatlari hamda ulardan kutilayotgan iqtisodiy samaraga alohida eʼtibor qaratish muhimligi muhokama qilindi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top