“Kelajak davlat korxonalarida axborot texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“Kelajak davlat korxonalarida axborot texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

“Kelajak davlat korxonalarida axborot texnologiyalari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.
Yangiliklar 📅 15.06.2024

Yirik davlat kompaniyalarida innovatsion texnologiyalarni integratsiyalash, shuningdek, IT arxitekturasini yaratish va ma’lumotlar boshqaruvini ta’minlash maqsadida “UzAssets” AJ O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda 24-iyun kuni “Kelajak davlat korxonalarida axborot texnologiyalari” mavzusida seminar tashkil qildi. Seminarda Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kiberxavfsizlik markazi, KPMG va xalqaro tashkilotlar ekspertlari hamda 22 ta davlat korxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda davlat korxonalarini raqamlashtirish sohasidagi transformatsiyalar, shuningdek, yangi axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda IT arxitekturasini shakllantirishning ustuvor vazifalari muhokama qilindi.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top