“UzAssets” AJ da Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

“UzAssets” AJ da Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv.

“UzAssets” AJ da Osiyo taraqqiyot banki missiyasi bilan uchrashuv.
Yangiliklar 📅 15.07.2024

5-avgust kuni “UzAssets” AJda Osiyo taraqqiyot bankining Davlat boshqaruvi (PSMG) bo‘yicha bosh iqtisodchisi Chigdem Akin boshchiligidagi missiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. 

Uchrashuvda korporativ boshqaruv qoidalarini joriy etish, IFRC bo’yicha moliyaviy hisobotlarni taqdim etish, shuningdek, davlat korxonalarida KPI tizimini joriy etish masalalari muhokama qilindi 

Bundan tashqari, tomonlar OECD 2023 va 2024 yillar uchun tavsiyalari asosida davlat korxonalarida korporativ boshqaruvni baholash instrumentlari (baholash kartasi) foydalanish masalalarini muhokama qildilar. 

Uchrashuv davomida Osiyo taraqqiyot banki O‘zbekistonda ESGni joriy etish hamda davlat korxonalari uchun “yashil” moliyalashtirishni rivojlantirish bo‘yicha tashabbuslari va loyihalarni amalga oshirishdagi ko‘magi haqida muhokama qilindi.  

Uchrashuv yakunida tomonlar OTB ekspertlarini jalb qilgan holda davlat korxonalarini transformatsiya qilish bo‘yicha qo’shma loyihalarni hamkorlikda davom ettirishga kelishib oldilar. 

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top