Yashil iqtisodiyot markazi va “UzAssets” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi. – UzAssets
UZ RU EN

YANGILIK VA E'LONLAR

UzAssets axborot xizmati

Yashil iqtisodiyot markazi va “UzAssets” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.

Yashil iqtisodiyot markazi va “UzAssets” AJ o‘rtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Yangiliklar 📅 15.08.2024

Joriy yilning 23-avgust kuni Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi “Yashil iqtisodiyot loyihalari markazi” loyiha ofisi va “UzAssets” aksiyadorlik jamiyati oʻrtasida o‘zaro hamkorlik to‘g‘risida Memorandum imzolandi.
Mazkur Memorandumni imzolashdan asosiy maqsad Oʻzbekiston Respublikasining “yashil” iqtisodiyotga oʻtish strategiyasi doirasida sanoat tarmoqlarida yoʻqotishlarni kamaytirish va resurslarni ishlatish samaradorligini oshirish, shuningdek, “yashil” iqtisodiyot loyihalarini amalga oshirishda oʻzaro manfaatli hamkorlikni yoʻlga qoʻyishdan iborat.

Shuningdek tomonlar mazkur Memorandum doirasida quyidagi yoʻnalishlarda hamkorlikni amalga oshirishga kelishib oldilar:
“yashil energiya” sertifikatlari savdosi masalalarida hamkorlik hamda oʻzaro qoʻllab-quvvatlash;
davlat ishtirokidagi korxonalarda qisqartirilgan issiqxona gazlari inventarizatsiyasi, davlat ishtirokidagi korxonalar bilan “yashil energiya” sertifikatlari savdosi masalalari boʻyicha tizimli ishlarni yoʻlga qoʻyish;
davlat ishtirokidagi korxonalar tomonidan rejalashtirilayotgan “yashil loyihalar”ni baholash hamda amalga oshirishda koʻmaklashish;
davlat ishtirokidagi korxonalarda “ESG” tamoyillarini joriy qilish va hisobotlarini shakllantirish;
davlat ishtirokidagi korxonalarning transformatsiya jarayonlari, “yashil” iqtisodiyotga oʻtish, issiqxona gazlari, ESG tamoyillari hamda “yashil loyihalar”ga oid qoʻllanma va yoʻriqnomalar ishlab chiqish;
“yashil” iqtisodiyot loyihalarini rivojlantirish va amalga oshirish boʻyicha qoʻshma tadbirlarni, jumladan, tajriba, axborot almashish va oʻzaro manfaatli aloqalarni mustahkamlash va shu kabi hamkorlikni amalga oshirishga imkoniyat yaratildi. Tomonlar imzolangan Memorandum doirasida hamkorlikni faollashtirishga kelishib oldilar.

«UzAssets» AJ Axborot xizmati
UzAssets AI Assistant
Onlayn — javob berishga tayyor
Men UzAssets AI assisant. Sizga qanday yordam bera olaman?
Tez savollar
Scroll to Top